Rektor murojaati
Hurmatli talabalar, ota-onalar va hamkorlar! Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ta’lim ko‘prigidir. Bizning maqsadimiz — Koreya ta’lim tizimining eng yaxshi tajribasini Farg‘ona vodiysi yoshlariga yetkazish, ularni jahon mehnat bozorida raqobatbardosh, ko‘p tilli va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislar sifatida tarbiyalashdir. Universitetimizda Koreyadan kelgan professorlar, zamonaviy laboratoriyalar va 3+1 qo‘shma diplom dasturi sizni kutmoqda. Kelajagingizni biz bilan quring!