Universitet haqida
Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti (KIUF) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 714-son qarori asosida tashkil etilgan nodavlat oliy ta’lim muassasasidir. Universitet asoschisi — Park Joon Ho . KIUF — Farg‘ona vodiysida Koreya ta’lim tizimi asosida ta’lim beradigan yagona oliy ta’lim muassasasi. Ta’lim 4 yillik standart bo‘yicha 11 ta yo‘nalishda olib boriladi: muhandislik va gumanitar fakultetlar. 3+1 va 2+2 — ikki diplom Talabalar 2 yoki 3 yil O‘zbekistonda o‘qib, 3- yoki 4-kursni Koreyadagi hamkor universitetda tamomlaydi va ikki diplom oladi. 2022-yil avgustdan 4-kurs talabalari Sunmoon universitetida, 2023-yilda Sunmoon va Halla, 2024-yilda Sunmoon, Kwangwoon va Sungshin Women’s universitetlarida tahsil oldi. Professor-o‘qituvchilar Koreyadan kelgan 40 dan ortiq professor koreys tili va mutaxassislik fanlarini o‘qitadi Mahalliy va xorijda malaka oshirgan malakali o‘qituvchilar Koreyada tayyorlangan malakali tarjimonlar darslarda yordam beradi Imtiyozlar TOPIK yoki IELTS sertifikati bo‘lsa qabulda qo‘shimcha 10% ball A’lo o‘qigan talabalarga kontraktdan 50% gacha chegirma Koreys tili bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar