Koreya universitetlari vakillari bilan uchrashuv
Universitetimizga Koreya Respublikasining hamkor universitetlari vakillari tashrif buyurdi. Uchrashuvda 3+1 qo‘shma diplom dasturining natijalari, yangi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik va professor-o‘qituvchilar almashinuvi masalalari ko‘rib chiqildi. Talabalar bilan ochiq muloqotda mehmonlar Koreyada o‘qish imkoniyatlari, stipendiyalar va yotoqxona sharoitlari haqida ma’lumot berdi.