Farg‘ona Sejong koreys tili markazi ochilish marosimi
2022-yil 23-fevral kuni universitetimizda Farg‘ona Sejong koreys tili markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz Koreya Respublikasi Sejong Hakdang jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Markazda koreys tili kurslari, madaniy tadbirlar va TOPIK tayyorlov mashg‘ulotlari olib boriladi. Kurslar universitet talabalari va barcha xohlovchilar uchun ochiq.