Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti
KIUF — Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti 2019-yilda tashkil etilgan. Universitet muhandislik, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, gumanitar va sog‘liqni saqlash sohalarida 4 yillik ta’lim standarti asosida xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydi. Talabalar 3+1 va 2+2 dasturlari orqali Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlarida o‘qishni davom ettirib, ikki diplom olish imkoniyatiga ega.