Mashaqqatli mehnat va ko'nikmalar - muvaffaqiyat kalitidir

KIUF Portali

O'zbek

KIUFGA YANGI REKTOR TAYINLANDI

Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti konferensiyalar zalida 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida yangi rektorning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu kunga qadar oliygohga rahbarlik qilgan ta’sischi Park Joon Ho so'nggi uch yil davomida biz bilan birga bo'lgan barcha professor-o'qituvchilar va xodimlarga minnatdorchilik bildirdi va yangi rektorning kelgusi faoliyatiga omad tiladi. Oliygohni yanada yaxshiroq ta’lim muassasiga aylantirishni so'radi. Yangi rektor etib tayinlangan Han Jae Seok shu kunga qadar Koreyadagi Seojeong universiteti va Jangan universitetlarida vitse-prezident va Koreya universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti lavozimlarida ishlagan. Han Jae Seok oʻzining marosimda soʻzlagan nutqida taʼlimning qadr-qimmatini bilishga va amaliy yoʻnaltirilgan taʼlim mazmunini qoʻllashga va shu bilan birga mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlikda taʼlim berishga vaʼda berdi.

09/021/2022