Mashaqqatli mehnat va ko'nikmalar - muvaffaqiyat kalitidir

KIUF Portali

O'zbek

Koreya Xalqaro Universiteti rektorining Sunmoon Universitetiga tashrifi

Joriy yil 14-fevral (dushanba) kuni Koreya Xalqaro Universiteti rektori janob Park Joon Ho Koreyaning Sunmoon universitetiga tashrif buyurib, universitet rektori va bo'lim boshliqlari bilan muzokaralar o'tkazdi. Hamda 3+1 dasturi orqali talabalarni Sunmoon universitetida tahsil olishlari uchun MOA(bitim memorandumi) imzolashga erishildi. Ushbu bitim talabalarimiz Koreya universitetlarining ilg‘or ta’limini o‘rganishlari uchun imkoniyat eshigini yana bir ochdi. Universitet talabalarining yetuk kadr bo'lib yetishishlari va zamonaviy bilimni egallashlari uchun bor imkoniyatlarni ishga solishga va turli dasturlar orqali talabalar farovonligini ta'minlashga universitet rektori janob Park Joon Ho va'da berdi.

09/021/2022